Ibn Abulmakorim Abdulvahob al-Hijoziy
Ibn Abulmakorim Abdulvahob al-Hijoziy (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Buxoro xattotlik maktabi namoyandalaridan. Uning “Xamsa” va “Lison ut-tayr”ni birgalikda koʻchirgan qoʻlyozmasi Toshkentda saqlanadi (ToshDSHI SHQM, 3-fond, in. raqami № 2630). Hajmi 309 varaq. Kotib qoʻlyozmada 1-doston soʻngida “Abdulvahhob al-Hijoziy”, 2-doston soʻngida esa “Ibn Abulmakorim Abdulvahhob”, 3-doston soʻngida “Abdulvahhob” deb imzo qoʻygan. 5-doston soʻngida kitobat sanasi sifatida 988-yil 11-rabiʼ ul-avval (milodiy 1580-yil 26-aprel) qayd etilgan. “Xamsa” dostonlari qoʻlyozmasiga oʻn sakkizta miniatyura ishlangan[1].
Sarlavha
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.