Ibn Sino nomidagi nashriyot
Ibn Sino Nomidagi Nashriyot — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga qarashli tibbiy nashriyoti. Oʻzbekiston davlat tibbiyot nashriyoti sifatida 1959-yil tashkil etilgan. 1964-yildan "Meditsina" deb nomlangan. 1990-yildan hozirgi nomda. Oliy va oʻrta tibbiyot oʻquv yurtlari uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, shifokorlar uchun amaliy qoʻllanmalar, sanitariya maorifi boʻyicha ommabop tibbiy adabiyot, lu-gʻat, maʼlumotnomalar, plakatlar va b. tur kitoblar nashr etadi. 2002-yilda umumiy hajmi 1 mln. 375 ming nusxada 75 nomda kitob va risola nashr etgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |