Ibn Xaniy
Ibn Xaniy Andalusiyaning «taqlidchilik davri» shoirlaridan mashhuri bo'lgan. Arab tarixchisi Ibn Xalliqon uni hattoki al-Mutanabbiy bilan yonma-yon qo'ygan. Ibn Xaniy o'zining shialarga xayrixohligi, shuningdek jasoratli mubolag'alari, maqtalayotgan shaxsni xudoga qiyoslagani bilan jonajon Sevilyada mo'min-musulmonlarning g'azabini qozg'atdi va Shimoliy Afrikaga ko'chib o'tishga majbur bo'ldi. Bu yerda uni Fokimiylar xalifasi al-Mansurning o'g'li, Fokimiylar Misrni zabt etgandan keyin mamlakat hukmdori bo'lgan al-Muizz o'ziga yaqinlashtirdi. Ibn Xaniy o'z homiysi huzuriga ketayotganida 35 yoshida noma'lum qotil qo'lida halok bo'ldi.
Ibn Xaniy qalamiga oltmishga yaqin qasida, asosan odatdagi janrlar sxemasida yozilgan madhiyalar mansubdir. Ularning o'ziga xos yagona jihati deb tushkun kayfiyatdagi falsafiy sentensiyalarini hisoblash mumkin. Ibn Xaniy she'rlari shoirlik mahorati nuqtai nazaridan ham ancha oddiy. Shoirnig qasidalarida badiiy san'atlar kop ishlatilgan. Quyida ba'zi tashbih sanatiga oid yozilgan misollarni keltiramiz:
Quyosh nurlarida quyma oltin kabi yaraqlayotgan
Bepoyon yaylovlarni ko'rmayapsizmi
Nozik lolaqizg'aldoq ko'zlariga surma surtilgandek
Kimdir uning yaproqlariga qon tomizayotgandek…[1]
- Mumtoz arab adabiyoti. Toshkent: Ziyavuddinova M, 2011 — —-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti o'quv qo'llanma, 2011.