Ibodulla Niyozmatov
Ibodulla Abdullayevich Niyozmatov (1942.17.10, Xiva tumani-2003. 20.9, Urganch) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1971-yildan Xorazm musiqali drama teatrida ishlaydi. Niyozmatov sahnalashtirgan spektakllar chuqur psixologik talqini, dramatik toʻqnashuvlarning oʻtkirligi, voqealar rivoji va boshqa bilan diqqatga sazovor. "Abu Rayhon Beruniy" (Uygʻun), "Birovning tashvishi" (Oʻ. Hoshimov), "Monserro" (E. Robles), "Ibn Sino" (A. Shalomayev), "Nurxon" (K. Yashin va T. Jalilov), "Ajdodlar qilichi" (E. Samandarov), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Marvarid taqqan ayol", "Feruz" (K.Avaz, O. Ibrohimov) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |