Ibrohim Alimov
Alimov Ibrohim Abdugʻafforovich(1935-2016) - tarix fanlari doktori (1982), professor (1989), arxivshunos olim.
Ibrohim Alimov | |
---|---|
Alimov Ibrohim Abdugʻafforovich | |
Tavalludi |
5-aprel 1935-yil |
Vafoti | 2016 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ibrohimjon Alimov 1935-yil 5-aprel Andijon shahrida tavallud topgan. Moskva davlat tarixiy arxiv institutida tahsil olgan (1953-1958). Mehnat faoliyati mobaynida respublika markaziy arxiv organlarida (1958-1973), Tarix institutida boʻlim mudiri (1989-1995), Andijon davlat universitetida professor-oʻqituvchi sifatida ish yuritadi.
Olim 1966-yil “Toshkent viloyatida yer-suv islohoti (1925-1926 yy.)” mavzusida nomzodlik, 1980-yili “Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarida agrar isloxotlarning tarixiy tajribasi (1920-1924 yy.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. Ilmiy faoliyati davomida 4 ta darslik, 10 dan ortiq oʻquv qoʻllanma, umumiy hisobda 66 ta kitob, 250 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalarga mualliflik qilgan. Shuningdek, ustoz-pedagog sifatida 8 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |