Ibrohim Oqil (arabcha: ابراهيم عقيل; Ibrohim Akil, 1962-yil 24-dekabr – 2024-yil 20-sentyabr), Al-Hajj Tahsin yoki Tahsin[1] nomlari bilan ham mashxur, shuningdek Al-Hajj Abdul Xader taxallusini ham olgan. Jangari guruh boʻlmish Hizbullohning Redvan kuchlariga bosh qoʻmondonlik qilgan livanlik jangari[2][3][4]. Ibrohim Oqil tashkilotning harbiy va xavfsizlik operatsiyalarini nazorat qiluvchi Jihod kengashining aʼzosidir[5]. Baʼzi kuzatuvchilar Oqilni Hizbullohning amaldagi Bosh shtab boshligʻi vazifasini bajargan deb hisoblashgan[6].

Ibrohim Oqil
ابراهيم عقيل
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 24-dekabr
Biqo vodiysi,  Livan
Vafoti 2024-yil 20-sentyabr
Livan
Oʻlim sababi Havo hujumida vafot etgan
Siyosiy partiyasi  Hizbulloh

1980-yillarda Oqil Hizbullohning 1983-yildagi AQSH elchixonasi portlatilishi va 1983-yildagi Bayrut kazarmalari portlatilishiga javobgar boʻlgan tuzilmaning muhim aʼzosi boʻlgan[7]. 2015-yil 21-iyulda AQSH Moliya vazirligi tomonidan Oqilga Hizbullohdagi faoliyati uchun 13582-sonli Ijroiya farmoni asosida sanksiya qoʻllanadi. 2019-yilning sentyabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat departamenti uni Asosiy belgilangan global terrorchi sifatida roʻyxatga kiritgan[8]. Adolat uchun mukofotlar dasturi (inglizcha: Rewards for Justice Program) uning qoʻlga olinishiga sabab boʻla oladigan har qanday maʼlumotlar uchun 7 million dollargacha mukofot eʼlon qilgan[9][10]. Ibrohim Oqil Fuad Shukrning vafotidan oldin „Hizbulloh“ harbiy qanoti sobiq qoʻmondonining oʻrinbosari boʻlib ishlagan deb taxmin qilinagan[11].

2024-yil 20-sentyabr sanasida Ibrohim Oqil Livanning Haret Hreik shahrida Isroil havo kuchlarining zarbasi natijasida halok boʻlgan[12][13].

Hayoti

tahrir

Ibrohim Oqil 1980-yilga kelib Hizbullohga aloqador boʻlgan Islom Jihod Tashkilotining muhim shaxslaridan biri boʻladi. Ushbu tashkilot 1983-yilda AQSHning Bayrutdagi elchixonasiga amalga oshirgan portlashida 63 nafar kishi halok boʻlgan, Bayrutdagi koʻp millatli harbiy bazalarga uyushtirilgan hujumlar natijasida esa 305 kishi vafot etgan. 1980-yillarda Ibrohim Oqil garovga olingan amerikaliklarni va nemislarni oʻgʻirlash uchun mas’ul boʻlgan[14].

2000-yil 4-fevralda Janubiy Livan mojarosi paytida Isroilning Boeing AH-64 Apache vertolyotlari Barish qishlogʻida Hizbulloh tashkilotining Janubiy Livan sektori (yoki Janubiy Livandagi gʻarbiy sektor) qoʻmondoni boʻlib xizmat qilayotgan Ibrohim Oqilning mashinasiga AGM-114 Hellfire raketalaridan oʻq ochgan[15]. Birinchi raketa mashinaning orqa tomoniga tegib, mashinani agʻdarib yuboradi. Oqil qochib qola oladi hamda, bino orqasiga yashirinib oladi. Ikkinchi marta otilgan raketa esa mashinani yoʻq qilib tashlagan. Oqilning berkinishga ulgurganini koʻrishadi hamda qayta otilgan raketa borib devorga degadi. Oqil yengil jarohat olgan va bu hodisadan omon qolishga muvaffaq boʻlgan[16][17]. Hujum chogʻida esa nafar tinch aholi, jumladan, chaqaloq ham jarohat olgan[18].

2006-yilgi Livan urushi paytida Oqil Hizbulloh va Suriya armiyasi oʻrtasidagi razvedkani muvofiqlashtirishga mas’ul shaxs boʻlgan[19]. Bir oy oʻtgach, 2006-yil sentyabr oyida Hizbullohning xavfsizlik va razvedka xizmatlari boshligʻi boʻlib ishlayotgan paytida, „Intelligence Online“ gazetasi 1980 – 1990-yillar boshlarida Hisbulloh tomonidan Shimoliy Koreyaga harbiy mashgʻulotlarda ishirok etish uchun yuborilganlardan biri deb yozadi. 3 kishi, jumladan Hasan Nasrulloh, Mustafo Badriddin hamda Ibrohim Oqil shular jumlasidan[20].

2016-yil may oyida Mustafo Badriddin oʻldirilgandan soʻng, Oqil „Hizbulloh“ mudofaa vaziri lavozimiga uning oʻrniga koʻriladigan ikki nomzoddan biri boʻlgan[21].

Suiqasd

tahrir

2024-yil 20-sentyabr kuni Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlari Bayrutning Dahieh chekkasidagi turar-joy binosiga toʻrtta raketa bilan zarba bergan, asosiy nishon Oqil boʻlgan. Havo hujumi natijasida kamida 37 kishi halok boʻlgan, jumladan, Hizbullohning yuqori martabali qoʻmondoni Ahmad Mahmud Vahabi, Hizbullohning boshqa 14 nafar yuqori martabali jangarilari, uch nafar bola va yettita ayol, yana 68 kishi yaralangan va ikkita bino qulab tushgan[22][23][24]. Isroil hukumati bu hujum Oqilga qaratilganini hamda operatsiya Ibrohim Oqilning oʻlimi bilan tugaganini bildirgan[25].

Manbalar

tahrir
  1. „Israel identifies Hezbollah's Ibrahim Aqil as head of the special forces Radwan unit“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2023-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  2. „Israel identifies Hezbollah's Ibrahim Aqil as head of the special forces Radwan unit“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2023-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  3. „Ibrahim Aqil – Rewards For Justice“ (en-US). rewardsforjustice.net. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  4. „Exclusive: Iran orders Hezbollah to target Saudi Arabia“ (en). Middle East Eye. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  5. „Ibrahim Aqil – Rewards For Justice“ (en-US). rewardsforjustice.net. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  6. „שקט מדומה: כך צמח ארגון הטרור הרצחני בצפון“. mako (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  7. „Ibrahim Aqil – Rewards For Justice“ (en-US). rewardsforjustice.net. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  8. „Israel identifies Hezbollah's Ibrahim Aqil as head of the special forces Radwan unit“ (en). The Jerusalem Post | JPost.com (2023-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  9. „Ibrahim Aqil – Rewards For Justice“ (en-US). rewardsforjustice.net. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  10. „US State Department offers $7 million reward for Hezbollah leader“. www.israelnationalnews.com. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  11. „Exclusive: Iran orders Hezbollah to target Saudi Arabia“ (en). Middle East Eye. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  12. „إعلام إسرائيلي: إبراهيم عقيل المستهدف في غارة الضاحية هو قائد العمليات الخاصة بحزب الله (العربية) ..أخر المستجدات“ (ar). برس بي (2024-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  13. Emanuel Fabian, Hezbollah Jihad Council member Ibrahim Aqil was target of Beirut strike, sources say Times of Israel (20 September 2024)
  14. אדלסון, דניאל; יורק, ניו; אייכנר, איתמר. „סוחר האמנות שמממן את חיזבאללה, ופרס המיליונים על ראשו של רב המחבלים“ (he). Ynet (2023-yil 18-aprel). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  15. „למרות המתיחות בצפון: 12 אלף מבקרים בסוף השבוע בחרמון - וואלה חדשות“ (he). וואלה (2000-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  16. „ניצל מניסיון חיסול והתאמן בצפון קוריאה: זה בכיר חיזבאללה שהיה מטרת התקיפה בדאחייה | ישראל היום“ (he). Israel Hayom (2024-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  17. Ari, Lior Ben; Eichner, Itamar. „Ibrahim Aqil: Elusive Hezbollah mastermind and one of America's most wanted men“ (en). Ynetnews (2024-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  18. „Israeli Killed in Lebanon, Spurring Calls to Retaliate“. The New York Times (2000-yil 7-fevral). 2024-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  19. „אף מילה על ישראל“ (he). ynet (2016-yil 15-may). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  20. USA, IBP. Korea North Economic & Development Strategy Handbook Volume 1 Startegic Information and Developments (en). Lulu.com, August 2013. ISBN 978-1-4330-2812-0. 
  21. „שקט מדומה: כך צמח ארגון הטרור הרצחני בצפון“. mako (2024-yil 29-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  22. Marsi, Urooba Jamal,Federica „Death toll in Beirut strike rises to 37: Ministry“ (en). Al Jazeera (2024-yil 21-sentyabr). — „Lebanon’s health ministry says the death toll from yesterday’s air attack on Beirut’s southern suburb has reached 37 people.“. Qaraldi: 2024-yil 21-sentyabr.
  23. Marsi, Urooba Jamal, Federica „Death toll in Beirut attack goes up“ (en). Al Jazeera (2024-yil 21-sentyabr). — „Lebanon’s Health Minister says at least 31 people, including three children and seven women, were killed in the Israeli attack on southern Beirut yesterday. Another 68 people were wounded in the attack, he added. The three children among the 31 killed in Israel’s attack on southern Beirut yesterday were aged four, six and 10, Lebanon’s Health Minister said during a press conference.“. Qaraldi: 2024-yil 21-sentyabr.
  24. Ari, Lior Ben; Eichner, Itamar; Raban, Dan. „IAF kills Aqil with F-35 fighter jet and four missiles two stories underground“ (en). Ynetnews (2024-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.
  25. „IDFANC Event“. idfanc.activetrail.biz. Qaraldi: 2024-yil 20-sentyabr.