Ibrohim posho, Ibrohim bosho (1789, Kavala, hozirgi Gretsiya hududida —1848.10.11, Qohira) — Misr davlat va harbiy arbobi. Otasi Muhammad Ali oʻtkazgan iqtisodiy islohlarda va Misr armiyasini tuzishda qatnashgan. 1807—12 yillarda daftardor (moliya boʻlimi boshligʻi); 1812—16 yillarda Yuqori Misr gubernatori. Misr armiyasining qoʻmondoni (1816—41). Misr armiyasi I. p. rahbarligida Arabistondagi vahhobiylar harakatini (1816—18) bostirgan. Sudanni egallagan (1820—22). I. p. Gretsiyadagi milliy ozodlik harakati (1821—29) ni bostirishda qatnashgan. Misrturkiya urushida bir necha gʻalabaga erishgan (1831—33). I. p. bosib olingan mamlakatlar (Falastin, Suriya, Livan) gubernatori (1833—40). 1847 yil dan esa Misr hukmdori. 1848 yil iyundan Usmonli turk hukumati uni Misrning voris poshosi qilib tayinladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil