Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy
Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy (arabcha: ابراهيم بن احمد سمرقندي — Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Solih Xatib Samarqandiy Vazoriy (vafoti 1110-yil)) — Muhaddis, roviy va xatib.
Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis, roviy, xatib |
Hayoti
tahrirIbrohim ibn Ahmad Samarqandiy „Vazor“ qishlog‘ining xatibi boʻlib, 480-487/1087-1094-yillar orasida tugʻilgan. Hofiz Abu Hafs Umar ibn Mansur ibn Habib va boshqa ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Umar Nasafiy alloma haqida bunday deydi: "U mening qo‘shnim edi. Mening imlo majlislarimga kelib turar edi. 503/1110-yil Samarqandda „Baroat“ kechasi vafot etdi. Sankdiza qabristoniga dafn etildi". O‘g‘li Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulloh Xatib Vazoriy ham solih shayx va xulqi chiroyli kishi bo‘lgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 559.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |