Ibrohim ibn Masʼud (? -1099) — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (105999). Masʼud I (1030-41) ning oʻgʻli, Maxmud Gʻaznaviyning nabirasi. Akasi Farruxzod (1053—59) vafot etgach, taxtga oʻtirgan. Farruxzod hukmronligi davrida saljuqiylar bilan boshlangan urushni toʻxtatib, oʻzaro sulh tuzishga (1059) va hatto Malikshoh (1072— 92) ning qizini oʻgʻli Masʼud (1099—1114) ga olib berib, ular bilan quda-anda boʻlishga muvaffaq boʻlgan. Soʻng, Hindistonga qoʻshin tortib, bobosi Mahmud Gʻaznaviy u yerda zabt eta olmagan bir qancha qalʼa va viloyatlarni fath qilgan, aholisini Islomga kiritgan. I. ibn M. gʻoyatda taqvodor, adolatli, xalqparvar, ilmparvar hukmdor boʻlgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil