Rixsixon Ibrohimova
Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937-yil 29-dekabr, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1956-yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri)da. Ibrohimova lirik-dramatik aktrisa boʻlib, yaratgan obrazlari kuchli dramatizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feruza, Gavharshodbegim („Mirzo Ulugʻbek“), Guli („Alisher Navoiy“), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya („Hamlet“, „Qirol Lir“, „Otello“), Ozoda, Gulyuz („Imon“, „Qotil“), Hemnolini („Gang daryosining qizi“), Nazmi („Kuyov“), Yorqinoy („Momo xotin“), Bibisalima („Mashrab“), Huri aya („Boshi qotgan oshiqlar“) va b. Shuningdek, bir kator videofilmlarda – Fazilat („Diyonat“), ona („Dunyoning ishlari“, „Alisher Navoiy“); kinoda – Oyxon („Integral“), Toshbonu („Shumbola“), Rixsi aya („Seni izlab“), Xosiyat („Farishtalar olov ichida“), Boʻston („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), kampir („Yuzsiz“), Qurbonbibi („Kecha va kunduz“) kabi obrazlarni yaratgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1997)[1][2].
Rixsixon Ibrohimova | |
---|---|
Tavalludi |
29-dekabr 1937-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |