Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi - 2017-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tashkil etilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20,21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari chog‘ida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati qurilishi bilan tanishgan va loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bergan. Maktab-internatining umumiy quvvati 216 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 50 o‘rinli faollar zali, 100 o‘rinli o‘quvchilar yotoqxonasi hamda 50 o‘rinli oshxona binolaridan iborat. 1 ta kompyuter xonasi 13 ta kompyuter bilan ta’minlangan. Maktab-internati to‘liq holatda internet tarmog‘iga ulangan. Yotoqxonalar o‘quvchilar uchun bepul. Maktabning o'z tibbiy markazi mavjud. Muassasa sportga katta e'tibor beradi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan.

Ixtisosligi

tahrir

Maktab-internati ona tili va adabiyoti, xorijiy tillarga ixtisoslashgan. Ta’lim tili qoraqalpoq tilida olib boriladi. Ta’lim ko‘rinishi aralash (o‘g‘il va qiz bolalar birgalikda o‘qitiladi) hisoblanadi. Maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan 11-sinfgacha o‘qitiladi. O‘quvchilar 5 mahal ovqatlanadi va maktabda o‘qish bepul. Maktab formalari klassik uslubdagi forma[1].

Maktab haqida

tahrir

Maktabda o‘quvchilar uchun hamma qulayliklar yaratilgan. O‘quvchilar kuniga 9 soat maktabda bilim oladi va qo‘shimcha to‘garaklarga borish imkoniyatiga ega. 2023,2024 - o‘quv yilida o‘quvchilar soni 191, oliy toifadagi o‘qituvchilar soni 14, birinchi toifadagi o‘qituvchilar soni 6, ikkinchi toifadagi o‘qituvchilar soni 6. O‘quvchilar yaxshi bilim olishi uchun 13ta dars xonalari bor. Darsdan bo‘sh vaqtida shug‘ullanishi uchun to‘garaklar tashkil etilgan. Zamonoviy texnologiyalar bilan ta’minlangan ijod xonalari bor. 160 o‘rinli qulayliklarga ega yotoqxonalar, harxil janrdagi kitoblarga to‘la kitobxona, o‘quvchilar ovqatlanishi uchun 100 o‘rinli oshxona, katta sport zallari bor. Dars jarayoni zamonoviy multimedia texnologiylari bilan olib boriladi. Darsni oliy toifali o‘qituvchilar beradi. Zamonoviy kompyuter va yuqori internat orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini yanada mustahkamlaydi[2]. Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida saralash imtihonlari ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari bilan hamkorlikda nomzodlarning ijodiy qobiliyati yozma va og‘zaki shaklda o‘rganildi. Ikkinchi bosqichda esa Davlat test markazi bilan hamkorlikda ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan test sinovlari o‘tkaziladi[3].

Maktab direktoriː Tashimov Ruslan Raxmanbergenovich.

Manbalar

tahrir