Ichakdan nafas oluvchilar (Enteropneusta) — chalaxordalilar sinfi, tuban ikkilamchi ogʻizlilar-dan. Bir qancha belgilari ularni ignaterililar va pagonoforalarga yaqinlashtiradi. Uz. bir necha sm dan 2,5 m gacha. Tanasi chuvalchangsimon, har-tum, yoqacha va boʻlimlardan iborat. Hartumida toq, boshqa tana boʻlimlarida bir juftdan selomik boʻshliqlari bor. Qiziloʻngach devorida 2 qator jabra yoriqlari boʻladi (nomi ana shundan olingan). Ogʻzi hartumi asosida (qorin tomonida) joylashgan. Ayirish organlari selomodukt tipida tuzilgan. Gavdasining juft organlari (jabra yoriklari, jigar oʻsimtalari, jinsiy bezlari) metamer joylashgan. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan. Orqa nerv stvoli yokacha ichida joylashgan, koʻpincha nerv nayini hosil qiladi. Sezgi organlari fa-sat epiteliydagi yorugʻlikka sezgir hujayralardan iborat. ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm rivojlanmagan. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Koʻpchilik I.n.o. lichinkasi — tornariya Ignate rililarnikiga oʻxshash. 80 ga yaqin turi, asosan, iliq dengizlarda tarqalgan. Bering, Barens, Oq, Oxota va yapon dengizlarida uchraydi. Tipik vakili — balanogloss.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil