Ichkilar

Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar

Ichkilar — Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qoʻriqchilar, mulozimlar va beklar. Asosan, hukmdorga yaqin va sodiq zodagonlar safidan oʻrin olgan I. zarur vaqtlarda harbiy harakatlarda ham ishtirok etgan: "Gʻoʻlda Qosimbek va yovuq ichkilar edi" (Boburnoma). I. baʼzan ichki beklar istshyuhi bilan ham yuritilgan. Boburning taʼkidlashicha, I. davlat oldidagi ul-kan xizmatlari evaziga ulugʻ beklar darajasiga koʻtarilgan hamda saltanatdagi mavjud imtiyozlarga ega boʻlgan. Hukmdor saroyidan uzoqdagi viloyat va tumanlarda faoliyat kursatuvchi beklar — tashqi beklar yoki sarhad beklari deb yuritilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil