ID.UZ — yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi[1]. ID.UZ tizimidan asosan ZiyoNET taʼlim tarmogʻidan roʻyxatdan oʻtishda foydalaniladi[2].

Afzalliklari

tahrir

Agar foydalanuvchi ID.UZ tizimidan bir marta roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, OpenID texnologiyasini qoʻllab-quvvatlovchi boshqa saytlardan roʻyxatdan oʻtishi shart emas. ID.UZ tizimida tegishli loginni kiritish kifoya. Bunday imkoniyat qator afzalliklarga ega: - koʻp parollarni eslab qolish va har safar shaxsingizga tegishli maʼlumotlarni turli saytlarga kritishni talb etmaydi.

Hamkor loyihalari

tahrir

ID.UZ tizimidan quyidagi loyihalarga kirish imkoniyatini yaratilgan: WWW.UZ[3]. Ziyonet.uz[4] Utube.uz[5] Fikr.uz[6] cctld.uz lohiyasi[7]

Roʻyxatdan oʻtish

tahrir

ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtayotgan foydalanuvchi oʻz shaxsiy profilini (fotosurʼati, shaxsiy maʼlumotlari) yaratadi. Imkoni boricha barcha soʻralgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq toʻldirilsa, tizimdagi boshqa foydalanuvchilar bilan tez va oson doʻstlashish imkoniyatiga ega boʻladi.

ID.UZ tizimi foydalanuvchilari 2 ta maqomga ega: (nomi yashiringan) Nomaʼlum foydalanuvchi; PassportID maqomiga ega foydalanuvchi.

ID.UZ tizimi orqali avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi tashqi xizmatlar, shuningdek, foydalanuvchilarning maqomiga qarab turli huquqlar berishi mumkin.

PassportID maqomi foydalanuvchisi oʻz pasport maʼlumotlarini ID.uz maʼmuriyatiga taqdim etgandan soʻng beriladi. Ushbu maqom – foydalanuvchining identifikatsiyasini talab qiluvchi davlat, kommunal, bank va boshqa xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi.

Manbalar

tahrir