Ideal Gaz qonunlari
Ideal gaz qonunlari tajriba yo’li bilan topilgan bolib, ular gazlar kinetik nazariyasi tenglamalaridan keltirib chiqarilishi mumkin.
Boyl-Mariott qonuni.
Bu qonun o’zgarmas temperaturada (izotermik jarayonda) gaz hajmining o’zgarishi bilan uning bosimi qanday o’zgarishini ko’rsatadi (albatta, uning massasi o’zgarmas bo’lganda). Agar Mendeleev-Klapeyron tenglamasida deb olinsa, uning o’ng qismi o’zgarmas kattalik boladi.
Bu ifoda Boyl-Mariott qonuni deb ataladi va bu qonunga muvofiq, o’zgarmas temperaturada gazning hajmi o’zgartirilsa, uning bosimi shunday o’zgaradiki, bunda bosimning hajmga ko’paytmasi o’zgarmas kattalik bo’lib qolaveradi.
Gey-Lyussak qonuni. Gazning bosimi o’zgarmasdan o’tadigan jarayon izobarik jarayon deb ataladi. Holat tenglamasidan bu holda gaz hajmining uning temperaturasiga nisbati o’zgarmas kattalik bo’lishi kelib chiqadi.
Izoxorik jarayon tenglamasi deb ataluvchi bu ifoda Gey- Lyussak qonuni deb ataladi. Izobarik jarayonda, yani gaz hajmi o’zgarmasdan o’tadigan jarayonlarda gaz bosimini uning temperaturasiga nisbati o’zgarmas boladi.
Avogadro qonuni. Bu qonunga muvofiq, birday bosim va temperaturada har qanday gazning teng hajmdagi molekulalari soni bir xil bo’ladi.
Dalton qonuni.Biror hajmda issiqlik muvozanatidabo’lgan bir-biri bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishmaydigan turli gazlarning aralashmasi bo’lsin. Aralashmaning har bir komponentining bosimi parsial bosim deb ataladi va Dalton qonuniga muvofiq gazlar aralashmasining bosimi uning komponentlari parsial bosimlarining yig’indisiga teng.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, tajribada topilgan gaz qonunlarini kinetik nazariyaning asosiy tenglamasidan osongina keltirib chiqarish mumkin ekan. Bu narsa molekulyar-kinetik tasavvurlarga tayanib ish ko’ruvchi kinetik nazariyaning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |