Ideal kristall — zarralari (atomlar, molekulalar, ionlar) fazoda qatʼiy muayyan tartibda joylashgan va fazoviy simmetriya xossasiga ega boʻlgan mukammal strukturali qattiq jism; kristallarning ideallashtirilgan modeli. Tuzilishi jihatdan tabiiy kristalldan farq qiladi. Tabiiy kris-tallda turli nuqsonlar — dislokatsiya, boʻsh joylar, kirishmalar va hokazo mavjud boʻlib, qatiy muayyan strukturali boʻlmasligi ham mumkin. Kristall pan-jara tebranishlari ham zarralar strukturasi tartibini buzadi. I. k. tushunchasi kristallografiya va qattiq jismlar nazariyasida keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil