Ideografik yozuv [yun. idea - ideya (gʻoya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir soʻzni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qad. yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va b. ayrim yozuvlar ideografik yoʻsinda boʻlgan. I. yo. juda mu-rakkab; koʻpgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — boʻgʻinli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil