Idiomorfizm
Idiomorfizm (yun. idios — oʻziga xos va morphe — shakl) — minerallarning oʻziga xos kristallografik shaklga ega boʻlishi. I.ni fanga nemis petrografi G. Rozenbush (1887) kiritgan. Togʻ jinslarida koʻpincha granatlar, dala shpatlari, amfibollar, avgit, kvars, nefelin va b., rudalarda esa pirit, arsenopirit va b. idio-morf, qisman shakli yoʻqolgan boʻlsa gipidiomorf va butunlay shaklsiz boʻlsa ksenomorf deb ataladi.
Mineralning I. darajasi uning kri-stallanish xususiyati va magmadan ajralib chiqishi vaqtiga bogʻliq. Idiomorf minerallar magmadan birinchi boʻlib kristallanadi. Minerallarni aniqlashda M.ning ahamiyati muhim.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |