Igloo (iglu) - qordan qurilgan boshpana turi,qor uyi yoki qor kulbasi sifatida ham tanilgan.

Igluit hamjamiyati ( Charles Frencis Hall - Arctic Researches and Life Among the Esquimaux , 1865)

Garchi I.lar koʻpincha barcha Inuitlar bilan bog'langan boʻlsa-da, ammo ular an'anaviy ravishda faqat Kanadaning Markaziy Arktikasi va Grenlandiyaning Qaanaaq hududi aholisi tomonidan ishlatilgan. Boshqa Inuitlar kit suyagi va teridan qurilgan uylarini himoya qilish uchun qordan foydalanishgan.

Tashqarida harorat −45 °C (−49 °F) gacha boʻlsa, ichkarida harorat −7 to 16 °C (19 to 61 °F) boʻlishi mumkin (tana harorati bilan isitilganda).[1]

Nomenklatura

tahrir
 
Inuitlarning igloo(iglu) qurishi (1924)

Inuit tillarida iglu soʻzi har qanday materialdan qurilgan uy uchun ishlatilishi mumkin. Inuit madaniyatidan tashqarida, igloo faqat siqilgan qor bloklaridan, odatda gumbaz shaklida qurilgan boshpanalarni anglatadi.[2]

Turlari

tahrir
 
Igloo(iglu)ning ichki qismi (1900-yillarning boshlari)

Igloo(iglu)larning 3 ta an'anaviy turi mavjud. Ularning har biri kichikdan kattagacha turli oʻlchamlarga ega va turli maqsadlarda ishlatiladi.

Eng kichik oʻlchamdagi igloo(iglu)lar vaqtinchalik boshpana sifatida qurilgan. Ular odatda bir yoki ikki kecha uchun ishlatiladi va shuning uchun uni qurish osonroq. Kamdan kam hollarda, ushbu kichik turdagi igloo(iglu)lar ochiq dengiz muzlarida boʻlgan ov sayohatlarida ishlatiladi.

Oʻrta oʻlchamdagi igloo(iglu)lar yarim doimiy, oilaviy turar joy uchun qurilgan. Bu odatda bir yoki ikkita oilani oʻz ichiga olgan bitta xonali turar joy hisoblangan. Koʻpincha bularning bir nechtasi Inuit qishlogʻini tashkil etgan.

Eng katta oʻlchamdagi igloo(iglu)lar odatda 2 ta guruhga boʻlingan. Binolardan biri maxsus holatlar uchun qurilgan vaqtinchalik inshoot boʻlsa, ikkinchisi yashash uchun qurilgan. Ushbu yirik igloo(iglu)lar beshtagacha xonaga ega boʻlishi va 20 kishini sigʻdirishi mumkin edi. Katta igloo(iglu) oʻzlarining tunnellari bilan biriktirilgan bir nechta kichikroq igloo(iglu)lardan qurilishi mumkin, bu esa tashqariga umumiy chiqish imkonini beradi. Bu katta igloo(iglu)lar jamoat bayramlari va an'anaviy raqslar tomoshalarini oʻtkazish uchun ishlatilgan.

Qurilishi

tahrir
Igloo(iglu) qurilishi (1922)

Qor igloo(iglu)lari sharsimon emas, lekin paraboloidga koʻproq oʻxshash shaklda qurilgan.

Alohida qor gʻishtlari yerdan arra va machetega oʻxshash pichoqlar bilan kesiladi. Ular dastlab toʻrt qirrali shaklda kesilgan. Biroq, keyinchalik qor gʻishtlari koʻpincha Inklar imperiyasida ishlatiladigan toshlarga oʻxshash tizimli oʻzaro bogʻlanishni oshirish uchun 5 yoki 6 [3] qirrali shaklda kesiladi.

Vaqt oʻtishi bilan qorning siqilishi tufayli igloo(iglu)lar asta-sekin qisqaradi.[4]

Shuningdek qarang

tahrir
  • Muzlik gʻori - muzlik ichidagi tabiiy boʻshliq
  • Quinzhee - qor to'plamini bo'shatish natijasida qurilgan boshpana
  • Qor gʻori - qor ostida qurilgan boshpana
  • Qor qalʻasi - odatda dam olish uchun ishlatiladigan qor devorlaridan yasalgan, odatda ochiq vaqtinchalik inshoot.
  • Mahalliy me'morchilik - mahalliy ehtiyojlar, qurilish materiallariga asoslangan va mahalliy an'analarni aks ettiruvchi me'morchilik toifasi

Ma'lumotnomalar

tahrir
  1. „How Warm is an Igloo?, BEE453 Spring 2003 (PDF)“. 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-iyul.
  2. „Definition: Igloo“. Cambridge dictionary.
  3. kitikmeotheritage (2012-07-25), Building An Igloo, 2019-10-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-07-05{{citation}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown ()
  4. Handy, Richard L. (Dec 1973). „The Igloo and the Natural Bridge as Ultimate Structures“ (PDF). Arctic. 26-jild, № 4. Arctic Institute of North America. 276–277-bet. doi:10.14430/arctic2926. 2016-03-04da asl nusxadan (PDF) arxivlandi.

Tashqi havolalar

tahrir