Agulyas (soylik)
(Igna bo'rni soyligidan yoʻnaltirildi)
Agulyas, Igna boʻrni soyligi — Atlantika va Hind okeanlari chegarasida okean tubining pasaygan qismi. Janubiy Afrika-Antarktika tizmasidan shimolidan Janubiy Afrikaning materik yon bagʻri bilan chegaralangan. Tubi shimoliy yarmida tekis (chuqurligi 2500 m), janubida esa parchalangan (chuqurligi 4000-5000 m, ayrim joylarida 6000 m gacha). Shimoli-sharqida Agulyas qiri bor (u yerda chuqurlik 2500 m). Shimoli va Agulyas qirida foraminiferali balchiklardan iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |