Ignitron (lot. ignis — olov va (elektr) ron) — simob katod va boshqariladigan yoy razryadyam bir anodli ion asbob. Ishi gazlardagi yoy razryadga asoslangan. I. da kremniy karbidi yoki bor karbididan qilingan qoʻshimcha elektrod — yoqqich ishlatiladi. Yoqqichga kuchlanish berilganda yoqqich bilan simob katodning tutashgan qismida uch-kun chiqadi. Shunda asosiy anod yoy razryadini xrsil qiladi. Yoqish kuchlanishi fazasini asosiy kuchlanish fazasiga nisbatan oʻzgartirib, I. dan oʻtuvchi tok miqdorini boshqarish mumkin. I. metall va shisha qobiqii qilib ishlab chiqariladi. Metall qobiqli I. tok kuchining oʻrtacha qiymati 20—700 a (anoddagi kuchlanish amplitudasi 5 kV gacha), shisha qobiqli I.da — 100 a gacha (5 kV) boʻladi. I. kuchli toʻgʻrilovchi qurilmalar, elektr yuritmalar, elektr payvandlash qurilmalari, temir yoʻl lardagi kichik elektr st-yalari va b. joylarda ishlatiladi. I. oʻrniga yarim oʻtkazgichli qurilmalar ham ishlatilmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil