Igor Bubnjić
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Igor Bubnjić(talaffuzi: Igor Bubnich) (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Bubnjić | ||
Tavallud sanasi | 17-iyul 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.88m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998—2004 | HNK Daruvar | ||
2004—2005 | Kamen Sirač | ||
2005—2007 | HNK Daruvar | ||
2007—2011 | Slaven Belupo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | Slaven Belupo | 34 | (2) |
2011—2012 | → Koprivnica (Ijara) | 13 | (2) |
2013—2018 | Udinese | 13 | (0) |
2015—2016 | → Carpi (Ijara) | 9 | (0) |
2016—2017 | → Brescia (Ijara) | 8 | (0) |
2018 | → Inter Zaprešić (Ijara) | 0 | (0) |
2018—2019 | Hibernians | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2013 | Xorvatiya U20 | 7 | (0) |
2012—2014 | Xorvatiya U21 | 8 | (0) |
2013—2014 | Xorvatiya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirBubnjić oʻz faoliyatini Daruvar yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan, 2007-yilda Slaven Belupo yoshlar jamoasiga oʻtgunga qadar Daruvarda harakat qilgan. 2011-12-yilgi mavsumning birinchi qismida u „Treća HNL“ning „Koprivnica“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda 13 oʻyinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan. U qishki tanaffusdan soʻng „Slaven Belupo“ga qaytgan va 2012-yilning 16-martida „Osijek“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻrinbosar sifatida asosiy jamoada debyut qilgan[1]. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 6-may kuni Rijeka bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan[2]. 2012-yilning sentabrida Bubnjić "Udineze" bilan besh yillik shartnoma imzolagani, ammo mavsum oxirigacha „Slaven“da qolishi eʼlon qilingan[3].
2018-yil 1-oktyabrda u Maltaga koʻchib oʻtgan va Hibernians bilan shartnoma imzolagan[4]. U 2019-yilning yozida klub uchun ikkita oʻyin oʻtkazganidan soʻng klubni tark etgan va 2019-yil 7-oktyabrda Bubnjić soʻnggi uch yil davomida jiddiy jarohat olganidan keyin 27 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan[5].
Xalqaro faoliyati
tahrirU Xorvatiya terma jamoasi safida 2013-yil iyun oyida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, Vedran Chorlukaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va jami 2 ta oʻyinda oʻya=nab gol muallifiga aylanmagan. Uning ikkinchi va oxirgi terma jamoadagi oʻyini 2013-yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi safarda oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan[6].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | c | ||
Koprivnica (Ijara) | 2011—12 | ? | 13 | 2 | - | - | 13 | 2 | ||
Slaven Belupo | 2011—12 | 1. HNL | 9 | 1 | - | - | 9 | 1 | ||
2012—13 | 25 | 1 | 5 | 1 | 4 | 1 | 34 | 3 | ||
Jami | 34 | 2 | 5 | 1 | 4 | 1 | 43 | 4 | ||
Udineze | 2013—14 | A seriya | 7 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 |
2014—15 | 6 | 0 | 2 | 0 | - | 5 | 0 | |||
Jami | 13 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 | ||
Karpi (Ijara) | 2015—16 | A seriya | 9 | 1 | 1 | 0 | - | 10 | 1 | |
Breshiya (ijara) | 2016—17 | B seriya | 8 | 0 | 0 | 0 | - | 8 | 0 | |
Karyerada jami | 77 | 5 | 9 | 2 | 4 | 1 | 90 | 8 |
Manbalar
tahrir- ↑ Strahija, Ivana. „Vugrinčev 125. gol u pobjedi Slavena“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 16-mart). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
- ↑ Molnar, Ivan Dorian. „Slaven Belupo pokvario slavlje na Kantridi, Rijeka ponovno ostala bez tri boda“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 6-may). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
- ↑ Strahija, Ivana; Tolić, Josip. „Igor Bubnjić od sljedeće sezone u Udineseu“ (Croatian). Sportnet.hr (2012-yil 28-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Hibernians sign former Udinese midfielder“. Times of Malta (2018-yil 3-oktyabr).
- ↑ IGOR BUBNJIĆ OKONČAO IGRAČKU KARIJERU, hns-cff.hr, 7 October 2019
- ↑ „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.