Igor Adolfovich Gamburg — oʻzbek iqtisodchisi va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994-1997-yillarda).

Igor Adolfovich Gamburg
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-sentabr 1943-yil
Toshkent
Vafoti 2003-yil
Faoliyati „Golodnostepstroy“ bosh birlashmasi boshlig‘i Oʻzbekiston Respublikasi Оliy Majlisi deputati

Tarjimai holi

tahrir

Igor Adolfovich Gamburg 1943-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti bo‘yicha oliy qurilish muhandisi hisoblangan. Institutni tamomlagach, ,,Mirzacho‘lqurilish" birlashmasining 12-PMK(ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna)da usta, hudud boshlig‘i, bosh muhandis va boshliq lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

1973-1979-yillarda Igor Gamburg bosh muhandis, keyinchalik esa ,,Obruchevosovxozstroy" birlashmasi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.

1979-yildan Gamburg bosh muhandis, 1986-yildan esa ,,Golodnostepstroy" birlashmasining boshlig‘i etib tayinlangan. Rahbarlik yillarining dastlabki davrida qo‘l ostida 60 ming  nafar xodim xizmat qilgan.

1990-1994-yillarda Oʻzbekiston SSR va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (Xovost tumani, takroriy saylovning birinchi bosqichida (1990-yil 15-aprel); 1994-1997-yillarda Oliy Majlis deputati etib saylangan.

Gamburg 1997-yildan Moskvada yashay boshlagan va u yerda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Taniqli oʻzbek iqtisodchisi va siyosat arbobi Igor Adolfovich 2003-yilda bosh miyaga qon quyilishi (insult) natijasida vafot etgan.

Manbalar

tahrir