Igor Shabdurasulov
Igor Vladimirovich Shabdurasulov (1957-yil 3-oktyabr Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – rossiyalik siyosatchi va davlat arbobi. "ORT" OAJ sobiq bosh direktori.
Igor Shabdurasulov | |
---|---|
Tavalludi |
Igor Vladimirovich Shabdurasulov 1957-yil 3-oktyabr |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Kasbi | siyosatchi, davlat arbobi |
Mukofotlari | Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (1995-yil 14-avgust va 1996-yil 9-iyul) |
Hayoti
tahrirIgor Shabdurasulov 1957-yil 3-oktyabrda Toshkentda tugʻilgan. Moskva davlat universitetining geografiya fakultetini tugatgan (1979-yil, geomorfologiya va paleogeografiya fakulteti). SSSR Fanlar akademiyasining Geografiya institutida oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlagan.
1979–1991-yillarda – SSSR Fanlar akademiyasi Geografiya institutida muhandis, aspirant, katta muhandis, ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1991–1992-yillarda – Fanlar akademiyalari Prezidentlari Kengashi Ijroiya byurosi direktorining oʻrinbosari.
1992–1992-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Hukumati Madaniyat va taʼlim departamentining mutaxassis-ekspert, ijtimoiy-madaniy masalalar, madaniy va tabiiy merosni saqlash sektori mudiri.
1992–1993-yillarda – Rossiya Federatsiyasi hukumati fan, madaniyat va taʼlim boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. OAV boʻlimiga rahbarlik qilib, oʻz vazifalari tufayli televidenieda professional ravishda ishlay boshlaydi[1].
1993-yil – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi.
1998-yil oktyabr – 1999-yil sentyabr – ORT OAJ bosh direktori (1998-yil sentyabrdan – vaqtincha vazifasini bajaruvchi; 1995-yil yanvar oyidan 2001-yil fevralgacha – ORT direktorlar kengashi va aktsiyadorlar kengashi aʼzosi) boʻlib ishlagan. Iqtisodiy inqiroz va bankrotlik tahdidi sharoitida davlat kreditini olib, buning natijasida telekompaniyaning Sovet davridan eskirgan texnik bazasini qayta jihozlagan[1]. 1999-yilning sentyabr oyida ORTni tark etib, oʻz lavozimiga oʻsha paytda kanalning bosh prodyuseri boʻlgan Konstantin Ernstni tavsiya qiladi[1].
1999-yil sentyabr – 2000-yil iyul – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari.
2000–2010-yillari – „Triumf-yangi davr“ mustaqil xayriya fondi prezidenti, „Spartak“ xalq jamoasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bosh direktori, „Nika“ kinematografchilar avtonom notijorat tashkiloti direktori.
2001–2002-yillari – „Moskva TV-6 Moskva“ mustaqil radioeshittirish korporatsiyasi YoAJ direktorlar kengashi raisi.
2010-yildan 2020-yilgacha – INFLEX MChJ bosh direktori.
2012-yilning noyabridan 2013-yil martigacha – Sochi-2014 tashkiliy qoʻmitasi vitse-prezidenti.
Mukofotlari
tahrir- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (1996-yil 9-iyul) – 1996-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi kompaniyasini tashkil etish va oʻtkazishdagi faol ishtiroki uchun[2].
- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (1995-yil 14-avgust) – 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 50 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishdagi faol ishtiroki uchun[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Эфир Отечества. Создатели и звёзды отечественного телевидения о себе и своей работе. Сборник интервью. Книга первая / Составитель В. Т. Третьяков. М.: Алгоритм, 2010 — 265—278, 320-bet. ISBN 978-5-9265-0741-3.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 9 iyulya 1996 goda № 358-rp „O pooщrenii aktivnix uchastnikov organizatsii i provedeniya vibornoy kampanii Prezidenta Rossiyskoy Federatsii v 1996 godu“
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 14 avgusta 1995 goda № 379-rp „O pooщrenii lits, vnyosshix bolshoy vklad v podgotovku i provedenie prazdnovaniya 50-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 godov“