Igor Sivuxa
Igor Vitaliyovich Sivuxa (1970-yil 31-mart, Simferopolda tavallud topgan) — Sovet va ukrainalik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Igor Vitaliyovich Sivuxa | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1987–1989 | SC Tavriya Simferopol | 0 | (0) |
1988 | → Meteor Symferopol | - | (-) |
1990–1991 | FC Chayka-VMS Sevastopol | 57 | (1) |
1992 | FC Polissya Zhytomyr | 7 | (0) |
1993 | FC Dynamo Saky | 15 | (1) |
1993 | Stal Stalowa Wola | 4 | (-) |
1994–1995 | Czajka Ochotnykowe | - | (-) |
1995 | FC Surozh Sudak | 2 | (-) |
1996 | FC Kramatorsk | 3 | (-) |
1997–1999 | Andijon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1999 uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1999 uchun) |
Biografiya
tahrirIgor Simferopol futboli maktabi tabiyalanuvchisi hisoblanadi. U futbolchilik faoliyatini 1987-yilda „Tavriya“ (Simferopol) jamoasida boshlagan[2], lekin jamoadagi raqobat kuchli boʻlganligi sababli asosan „Tavriya“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi „Meteor“ (Simferopol) klubida oʻynagan (faqat 1987-yil debyut mavsumida, SSSR Kubogida asosiy jamoa takibida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan). 1990-yilda Igor Sevastopol shahrining „Chayka“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtdi. Chayka jamoasida oʻz oʻyini bilan muhlislar eʼtiborini joy olgan Igor 1992-yil bahorida u Jitomirdagi „Kimyogar“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Kimyogar jamoasi oʻyin uslubiga kirishib ketolmaganligi sababli 1993-yil boshida oʻz jamoasini „Frunzenets“ (Frunze) klubi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Frunze jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan xolda 1993-yil yozida u Polsha jamoasi „Staly“ (Stalyova Volya)ga bilan shartnoma imzoladi[3]. Staly jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibga juda kam kiritildi va shu sababli 1993-yil oktyabr oyida u Qrimga, oʻz vataniga qaytdi. Oʻsha davrda Saki shahrining „Dinamo“ (Saki) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1995-yil kuzidan boshlab u „Chayka“ (Oxotnikovo qishlogʻi) havaskorlar jamoasi tarkibida musboqalarda ishtirok etdi. 1995-yil may oyida u „Suroj“ (Sudak) klubiga oʻtdi va Sudak jamoasi tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazdi. 1996-yilda u „Donbaskraft“ (Kramatorsk) havaskorlar jamoasi takibini kuchaytirdi. Biroq keyingi yiliyoq xorijga, bu safar O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi safiga oʻtdi. Igorning navbatdagi xorij jamoasi bu Andijonnning „Andijon“ klubi boʻlib, Igor „burgutlar“ jamoasi takibida uch yil davomida toʻp surdi. 1999-yilda faoliyatidagi pasayish tufayli futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Сивуха Ігор Віталійович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ Profіl gravsya na saytі „Іstorіya Tavrії“
- ↑ Profіl gravsya na saytі legioner.kulichki.com
Havolalar
tahrir- Futbolchining oʻyinlari statistikasi FFU rasmiy saytida (Wayback Machine saytida 2019-01-03 sanasida arxivlangan)
- Futbolchining tashrif qogʻozi UPL rasmiy saytida
- „Ukraina futboli“ veb-saytidagi oʻyinchi profili (Wayback Machine saytida 2019-01-03 sanasida arxivlangan)
- Futbolchi profili footbook.ru saytida