Igor Svyatoslavich (1150-1202) — Novgorod-Seversk (1178 yildan) va Chernigov (1198 yil dan) knyazi. Qad. rus adabiy yodgorligi — Igor polki jangnomasi qahramoni. 12-asr da Kiyev Rusi taxti uchun oʻzaro kurashlarda qipchoqlar (polovetslar) yordamida ishtirok etgan va bu bilan Janubiy Rusni talon-toroj boʻlishiga imkon yaratib bergan. Qipchoqlarning tazyiqi kuchaygach, I. S. boshqa knyazlar bilan ittifoq boʻlib qipchoklar ustiga yurish qilgan (1185). Ruslar Don va Sala daryolari boʻylarida joylashgan qipchoqlar qarorgohiga toʻsatdan hujum qiladilar. Bu paytda qarorgoxda chollar, ayollar, bolalardan boshqa hech kim yoʻq edi, erkaklar safarda boʻlishgan. Ruslar qarorgohni talon-toroj etib, katta oʻlja bilan qaytayotganlarida Qoyali (Ka-galnik) sohilida qipchoqlar tomonidan oʻrab olinib tor-mor keltirilgan, knyazlar, shu jumladan I. S asir tushgan, oʻgʻlini qoldirib oʻzi qochgan. I. S ning ushbu yurishi keyinchalik "Igor polki jangnomasi" asosiy mazmunini tashkil qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil