Ijaraga oluvchi
Ijaraga oluvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535-moddasiga muvofiq, ijaraga oluvchi ijara shartnomasi boʻyicha oʻz faoliyatida zarur boʻlgan mol-mulkni ehtiyojni qondirish maqsadida haq evaziga vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun olayotgan shaxs hisoblanadi [1]. Ayrim adabiyotlarda ijaraga oluvchini ijarachi deb ham atalishini kuzatish mumkin. Ijaraga oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar shu jumladan xorijiy davlatlar boʻlishi ham mumkin deb qaraladi [2].