Ijod erkinligi
Ijod erkinligi – fuqarolarning oʻzlari xohlagan sohada shuningdek xohlagan mavzuda ilmiy-ijodiy yoki ijodiy-badiiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi hisoblanadi. Ijod erkinligi Oʻzbekiston Respublikasining qator qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan[1]. Shunga koʻra, har kimning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatining madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qiladi [2].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. Lex.uz. Qaraldi: 16-oktabr 2023-yil.
- ↑ Toychiyev, N., ed (2009). "Ijod erkinligi". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 202.