Ijodiy hamkorlik - ikki va undan ortik, ijodkorning birgalikdagi ijodiy mehnati. Ijtimoii hayotga munosabati, hayotiy tajribasi, maslak va matlabi, eʼtikrdi, tili, estetik gʻoyalari, ijodiy uslubi yoki yoʻnalishi birbiriga yaqin ijodkorlar muayyan asarni birgalikda yaratishi mumkin. Mas, badiiy ijodda: Chingiz Aytmatov bilan qozoq shoiri Muxtor Shoxonov hamkorlikda yaratgan "Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori" badiiy-publitsistik asar I.h.ning yorqin na-munasidir. 19-asrda yashab oʻtgan fransuz yozuvchilari aka-uka E. va J.de Gonkurlarning bir umr davom etgan ijodiy hamkorligi jahon adabiyotidagi noyob hodisadir. Teatr sohasida: rejissyor Bahodir Yoʻldoshevning "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (Sayd Ahmad pyesasi), "Iskandar" (Sh. Rizayev pyesasi) rassom G. Brim bilan I.h. natijasida yaratilgan. Bundan tashqari, tasviriy sanʼat ("Amir Temur haykali", B. Usmonov, F. Ashrafiy, I. Jabbor), qoʻshiqchilik ("Oʻzbekiston madhiyasi" A. Oripov sheʼri, M. Burhonov mu-siqasi) sohalarida I.h. namunalari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil