Ijro yigʻimi – sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan undiriladigan yigʻim hisoblanadi. Sud ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi hamda alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi („Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 77¹-moddasi) [1]. Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatini mjburiy ijro etish choralari qoʻllanilganda qarzdordan quyidagi miqdorda ijro yigʻimi undiriladi: mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha-jismoniy shaxsdan undirilayotgan summaning 1 %i miqdorida, yuridik shaxsdan 2 %i miqdorida (majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida mol-mulk undiruvchiga topshirilgan taqdirda-ushbu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqgan holda); mukiy xarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha-jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida shu bilan bir qatorda yuridik shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida deb belgilangan [2].

Manbalar

tahrir
  1. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
  2. Toychiyev, N., ed (2009). "Ijro yigʻimi". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 202.