Ijtimoiy borliq
Ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong-doimo oʻzgarishda, boʻlgan jamiyat hayotining moddiy va maʼnaviy tomomlarini uzviy aloqadorlikda va oʻzaro taʼsirda ekanligini ifodalovchi, sobiq ittifoqda mutlaqlashtirilgan falsafiy tushuncha. Ijtimoiy borliq kishilarning amaliy faoliyatida yaratilgan, ularning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi barcha narsa, jarayon va hodisalar majmuidan iborat. Ijtimoiy ong jamiyatni salohiyat darajasini, siyosiy potensialini belgilovchi falsafiy kategoriya. Axloq, din, sanʼat, fan kabi madaniyat tizimiga kiruvchi ijtimoiy ong shakllari mavjud. Ijtimoiy hayotni moddiy va maʼnaviy neʼmatlar ishlab chiqarishsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu jarayonni taʼminlovchi bosh omil tafakkur qobiliyatiga ega boʻlgan insondir. Binobarin, ijtimoiy borliqsiz ijtimoiy ongning, ijtimoiy ong faol ishtirokisiz jamiyatning moddiy rivojlanishini taʼminlab boʻlmaydi.
Adabiyotlar
tahrirFalsafa qomusiy lugʻat, „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |