Ijtimoiy yordam
Ijtimoiy yordam - davlat va jamiyatning qariligi, sogʻligʻi, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vosi-talar bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar toʻgʻrisida gʻamxoʻrligi. I. yo. (ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot) pensiyalar, nafaqalar toʻlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga oylik nafaqa toʻlash, bemorlar va keksalarga xizmat koʻrsa-tish, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish koʻri-nishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy taʼminlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sugʻurta deb ataladi (qarang Ijtimoiy himoya, Ijtimoiy taʼminot). [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |