Ikitos — Peruning shim.sharqiy qismidagi shahar. Amazonka daryosidagi port (dengiz kemalari ham kira oladi). Loreto departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 367 ming kishi (2000). Neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, yogʻochsozlik korxonalari bor. Qishloq xo'jaligi (paxta, tamaki va sholi) va oʻrmon kasbkorligi (kauchuk, tagua yongʻogʻi, smola tayyorlash) rni markazi. Milliy universitet bor. Shaharga 1863 yilda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil