Ikki juft oyoqlilar (Diplopoda) — koʻpoyoqlilar kenja sinfi (ayrim maʼlumotlarga qaraganda sinfi). Har bir tana boʻgʻimida 2 juftdan oyokdari boʻladi (nomi shundan kelib chiqqan). Oyoklar soni 12 juftdan 375 juftgacha (tropik kivsyak). Tanasining 2—4-boʻgʻimlarida bir juftdan, boshqa boʻgʻimlarida 2 juftdan oyoqlari boʻladi. Koʻpchilik I.ning deyarli har bir tana boʻgimida bir juftdan himoya bezlari bor. Bu bezlar suyuqligi oʻtkir hidli; koʻpincha zaharli suyuklik ajratadi. Anamorfoz yoki gimeanamorfoz orqali rivojlanadi. 13 turkumi, 50 mingga yaqin turi maʼlum. Antarkti-dadan boshqa hamma qitalarda tarqalgan. Nisbiy namligi 100% ga yaqin boʻlgan pana joylarda yashaydi. Oʻsimlik qoldiklari va detrit bilan oziqlanadi, organik qoldiqlarni minerallashtirish va tuproq hosil boʻlishi jarayonida katta ahamiyatga ega. Ayrim I. oʻsimliklarga ziyon keltiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil