Ikki okean siri
„Ikki okean siri“ (ruscha: Тайна двух океанов) — rus yozuvchisi Grigoriy Adamov qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor 1938-yil chop etilgan. „Ikki okean siri“ni oʻzbek tiliga Lutfulla Alimov tarjima qilgan.
Asl nomi | Тайна двух океанов |
---|---|
Muallif(lar) | Grigoriy Adamov |
Tarjimon(lar) | Lutfulla Alimov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy-fantastik roman |
Nashr etilgan sanasi | 1938 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1964 |
Sahifalar soni | 528 |
Romanda „Pioner“ sovet suv osti kemasining Leningraddan Vladivostokka Atlantika hamda Tinch okeanlari orqali qilgan sayohati haqida hikoya qilinadi.
Syujeti
tahrirSovet diplomatining 14 yoshli oʻgʻli Pavlik Atlantika okeani shimolida minib olgan kemasi choʻkib ketishi ortidan „Pioner“ suv osti kemasi bortiga tushadi. „Pioner“ oʻzgacha kema boʻlib, u sovet ilm-fanining eng yaxshi yutuqlarini oʻzida mujassam etgan boʻladi.
Kema Yaponiyaning kuchayib borayotgan dengiz flotiga qarshi chiqish uchun Leningraddan Tinch okeani floti tomon yoʻl oladi. Romanda „Pioner“ kemasi ekipaji ushbu sayohat davomida boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi.
Qahramonlari
tahrir- Pavlik – sovet diplomatining 14 yoshli oʻgʻli
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni oʻzbek tiliga 1954-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan nashirdan Lutfulla Alimov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1964-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Surayyo Saydaliyeva – muharrir, A. Vasin va B. Markevich – rassomlar, K. Nazarov – rasmlar muharriri, T. Rahimov – texnik muharrir, M. Rustamov – musahhih. Kitob adadi – 20 000 nusxa.