Miyon-rudon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Miyon-rudon, ikki suv orasi — Fargʻona vodiysidagi tarixiy hudud. Oʻrta asrdagi yozma manbalarda tilga olingan, unga Norin va Qoradaryo oraligʻidagi yerlar kiritiladi. Ilk bor Ibn Havqal va Istaxriy asarlarida M. alohida viloyat deb keltirilgan. "Bo-burnoma" asarida ushbu hudud Rabotax oʻrchini yoki Ikki suv orasi deb nomlangan. Manbalardan uning Oʻzgan, Biskend, Sekat, Yettiqishloq, Xaylam, Shikit kabi shahar va qishloklari qayd etilgan. Bulardan Xaylam asosiy markaziy shahar boʻlib, hozirgi Ketmontepa bilan taqqoslanadi. Shikit — bu hozirgi Arslonbob, Biskend — Iz-boskan qishlogʻi, Sekat — Qoʻqonqishloq (Paxtaobod) deb taxmin etiladi. M. qadimdan dehqonchilik markazlaridan hisoblanib, aholi zich joylashgan. Bu hududdan Sharqiy Turkistonga savdo-sotiq va aloqa yoʻli oʻtgan. 10-asrda islom dini qabul qilingan. M.da Ismoil Somoniynnng akasi Abul Hasan Nasr ibn Ahmad tugʻilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |