Ikkinchi Bulgʻor podsholigi
(Ikkinchi bulgʻor podsholigidan yoʻnaltirildi)
Ikkinchi bulgʻor podsholigi — Bolqon yarim oroldagi davlat (1187—1396). Vizantiya hukmronligiga qarshi ozodlik qoʻzgʻolonlari (1185—87) natijasida tashkil topgan. Poytaxti — Tirnovo. 14-asrning oʻrtalarida Dobrotitsa (Dobruja; 15-asr boshlarida turklar bosib olgan) knyazligi ajralib chiqqan, qolgan qismi Tirnovo va Vidin podsholiklariga boʻlinib ketgan (1363) va keyinchalik (1393 va 1396) turklar tomonidan bosib olingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |