Ildam kaltakesak (Eremias velox) — chin kaltakesaklar oilasining turi. Eron, shim.-gʻarbiy Xitoy, Kavkaz, Rossiyaning jan. hamda Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda I.k. ni shoʻrxok taqirlar, qumli choʻllar, toʻqay, chakalakzor, ariq va hovuzlar boʻyida uchratish mumkin. Tanasining uz. 8,5 sm gacha, dumi tanasidan 1,4—2 marta uzun. Gavdasining usti kulrang, toʻq jigarrang yoki qoramtir, orqa tomonida tana boʻylab ketgan bir necha qator qora xollari bor. Qorin tomoni oq, dumining osti qizil. Har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi may — iyulda, hatto avgust boshlarigacha 2—3 marta 3—5 tadan tuxum qoʻyib koʻpayadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
aniq malumot sifatira kiritildi. Ildam koaltakesak kechki paytlarda qorongʻu tushishida avval erkak kaltakesaklar chirillaydi