Ilgak
Ilgak — 1) koʻtarish mashinalarining yukni ilib koʻtarish uchun moʻljallangan egik shoxli detali; yuklarni yoki yukni qamrash moslamalarini koʻtarish mashinalarining poʻlat arqoni (kanat) ga yoki zanjirlarga ilishda foydanalaniladIlgak Yengil (75 kg gacha) yukka moʻljallangan. Ilgak bir yoki ikki shoxli boʻlib, poʻlatdan bolgʻalab yoki quyib tayyorlanadi, ogʻir yuklarni koʻtarish uchun alohida plastinkalardan yigʻib tayyorlanadigan ilgaklar ishlatiladi; 2) transport mashinalariga tirkama (pritsep) ni ulash uchun moʻljallangan detal; mas, traktorga tirkamani ulaydigan ilgak; 3) eshik va derazalarni yopish uchun ishlatiladigan moslama; 4) kiyim-boshga qadaladigan moslama; 5) biror narsani ilib, osib qoʻyish uchun xizmat qiladigan bir uchi kayrilgan moslama, ilmoq. Masalan, goʻshtni, qaymoq solingan kosa chambaragini osib qoʻyish uchun ishlatiladIlgak Bunday ilgak ni yogʻochdan ham qilish mumkin[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |