Illyustratsiya
Illyustratsiya (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi illyustratsiyani grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda VI—VII-asrlarda dastlabki ksilografiyaga oid illyustratsiya, XVI asr oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi XVII asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri XVIII—XIX asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (XV asr) illyustratsiya miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. XVI asr oxiriga kelib illyustratsiya mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. XVIII asr da illyustratsiya bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. XVIII—XIX asrlar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang , kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; XIX asr uchun tugallangan illyustratsiya — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. XX asr ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.
XX asr 20-yillaridan illyustratsiya gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻldi, kitob va illyustratsiya birligi kuchaydi, bolalar kitobi illyustratsiyasi rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi illyustratsiyani dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.
Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida illyustratsiya ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta ayerlarda klassik shoirlarning asarlariga illyustratsiya ishlash keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va b. klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq oʻzbek illyustratsiyasining haqiqiy rivoji XX asr ga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek illyustratsiyasi uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Us to Moʻmin (A. Nikolayev), Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. Oʻzbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va goʻzal be-zalishiga samarali hissa qoʻshmoqda.
Ilmiynazariy matn (maqola, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan, maʼruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan koʻrgazmali tasvirlar (reproduksiya, fotosuratlar, turli chizmalar) ham I. deb ataladi.
Neʼmat Abdullayev[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |