Ilmen togʻlari
(Ilmen tog'laridan yoʻnaltirildi)
Ilmen togʻlari - Janubiy Uraldagi bir guruh tizmalari (Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati). Eng baland joyi 748 m (Ilmentov). Granit, gneys va mu-rakkab hamda turli mineralogik tarkibli juda koʻp pegmatit yertomirlaridan tarkib topgan; bu yertomirlarda ilmenit, apatit, granat, topaz va b. (180 tacha mineral) bor. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, vodiylarda oʻtzor va botqoklar koʻp. I. t. da Ilmen qoʻriqxonasi tashkil etilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |