Ilmira Rahimjanova
Ilmira Rahimjanova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi.[1] Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Aktrisaga 1997-2000-yillarda suratga olingan Sharof Boshbekovning "Charxpalak" teleserialidagi "Lo'li Maryam" obrazi katta shuhrat olib kelgan.[2][3]
Ilmira Rahimjanova | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
27-sentyabr 1969-yil |
Kasbi | Aktrisa, rejissor, teleboshlovchi |
Faoliyat yillari | 1997 — hozirgi kun |
Fuqaroligi |
![]() |
Ilmira Rahimjonova Toshkent shahridagi Madaniyat texnikumini tamomlagan. 1990-1994-yillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Gulyor” folklor etnografik xalq ansamblida baletmeyster boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida tahsil olgan.
1994-2005-yillarda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining xor artisti boʻlib ishlagan.
2005-2016-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida rejissor yordamchisi boʻlib ish boshlaydi. Rejissor va senarist Sobir Nazarmuhammedov shogird boʻlib, rejissorning yordamchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu paytda Rustam Sa’diyevning “Muhabbat sinovlari” (birinchi va ikkinchi qismlari), “Nahotki sen” filmlarida, Bahrom Yoqubovning “Sarvinoz”, “Fotima va Zuhra” badiiy filmlarida rejissor yordamchi sifatida ijod qiladi. Muzrob Boymurodovning “Qonli olishuv” (2003), Umid Hamdaomovning “Shunqorlar”, Farhod Xudoyberganovning “Barakasini bersin” badiiy filmlarida ishlaydi.
Ilmira Rahimjonova 2002-yil “Yoshlar” telekanalidagi “Askar maktublari” koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ish boshlagan.
2016-2017-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida aktrisa sifatida faoliyat koʻrsatadi.
2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respiblikasi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Turon” davlat harbiy teatri akrisasi. Aktrisa Husniya rolini ijro etgan "Faridaning ikki ming qo'shig'i" filmi 94-Academy Awards, Oscar taqdimotida O'zbekiston nomidan "Eng yaxshi xalqaro film" nominatsiyasida qatnashgan.[4][5]
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2000 | Chayongul | Guli | Drama |
2003 | Muhabbat sinovlari | Bank xodimasi | Melodrama |
2004 | Devona | Pochtachi | Drama |
2005 | Fotima va Zuxra | Detektiv | |
2007 | Zabarjad | Zabarjad | Drama |
2007 | So'ginch sohili | Maryam | Drama |
2008 | Iblis devori | Ofat | Drama |
2008 | Oydinov | Zebo | Drama |
2010 | Farishta | Dilhush | Drama |
2010 | Narigi sohildagi bolalik | Drama | |
2010 | “Ona” qisqa metrajli film | Mushtarak | Drama |
2020 | Faridaning ikki ming qoʻshigʻi | Husniya | Drama |
Yil | Sarlavha | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1997-2000 | Charxpalak | Lo'li Maryam | |
2019 | Ojiza | ||
2019 | Malak | ||
2020 | Muhabbat liboslari | ||
2020 | Chegaradagi qishloq |
Yil | Sarlavha | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2006 | To'maris | To'maris | Spektakl |
2006 | Chiston | Spektakl | |
2018 | Sarvqomat dilbarim | Spektakl | |
2019 | O‘lan | Spektakl | |
2024 | Omon bo'lsang unutma | Spektakl | |
2024 | Qizil olma | Spektakl | |
2025 | Ota | Shafiqa Veliyeva | Spektakl |
Manbalar
tahrir- ↑ „Ilmira Rahimjanova | Actress“ (en-US). IMDb. Qaraldi: 2025-yil 21-yanvar.
- ↑ „“Charxpalak” seriali aktyorlari: 27 yil ichida qanday oʻzgardi?“. Toping. Qaraldi: 2025-yil 21-yanvar.
- ↑ uz, Daryo „“Endi turmushga chiqmayman, degandim”. Aktrisa Ilmira Rahimjonova turkiyalik erkak bilan oila qurgani haqida gapirib berdi (video)“ (uz-latn). Daryo.uz (2022-yil 10-iyul). Qaraldi: 2025-yil 21-yanvar.
- ↑ Jessica Kiang. „‘2000 Songs of Farida’ Review: Bewitchingly Beautiful Tale of Tradition and Jealousy in Early 20th Century Uzbekistan“. Variety.com (2021-yil 17-dekabr).
- ↑ „Busan International Film Festival“. Busan International Film Festival. Qaraldi: 2025-yil 21-yanvar.