Ilmiy tadqiqot — yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Ilmiy tadqiqot mavjud bilimlarni oshirishga qaratilgan kreativ va tizimli ish[1]. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyim — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qoʻllanadi[2].

Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi. Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OECD (2015), Frascati Manual 2015: Guidelines for Collecting and Reporting Data on Research and Experimental Development, The Measurement of Scientific, Technological and Innovation Activities, OECD Publishing, Paris. DOI: http://dx.doi.org/10.1787/9789264239012-en. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Radjabov A. Ilmiy tadqiqot asoslari. - T.: Tafakkur-bo'stoni, 2012. - B.9..