Ilon burgut
Ilonburgut, yoki oddiy ilon ilonxo‘r , ilonxo‘r burgut yoki taqir burgut (Circaetus gallicus yoki Circaetus ferox) — qarchig‘aylar oilasiga mansub ilonxo‘rlar kenja vakiliga kiruvchi yirtqush qushlardan biri hisoblanadi.
Ilonburgut | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Qarchigʻaysimonlar |
Urugʻ: | Circaetus |
Turlari: | Ilonburgut |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Circaetus gallicus Gmelin, 1788 |
Tavsif
tahrirUmumiy uzunligi - 67-72 sm, qanotlarini qoqqanda 160-190 sm, qanot uzunligi 52-60 sm.Urg‘ochilari erkaklaridan yirikroq ko‘rinishda, ammo bir xil rangda bo‘lishadi. Qushlarning orqa tomoni kulrang-jigarrang, yosh qushlarniki xuddi kattalarnikiga o‘xshaydi .
Tarqalishi
tahrirBaland tog‘ va haydaladigan yerlarda uyalamasligini hisobga olmaganda, deyarli hamma joyda tarqalgan. O‘zbekistondan tashqarida: O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston (uyalash); Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash). Evropada, Afrikada, Gʻarbiy Osiyoda, Shimoliy Hindistonda - boshqa kichik turlari mavjud.
Rossiyaning Qizil kitobiga [1], Belarus Respublikasining Qizil kitobiga[2] va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Yashash joyi
tahrirDengiz sathidan 2500 m balandlikdagi qumli cho‘l, to‘qay o‘rmonlari, qoldiq tog‘lar, tog‘larning cho‘llashgan etaklari qismida yashaydi.
Soni
tahrir1970-1980-yillarda 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan (Markaziy Qizilqum – 8, Orol-Payg‘ambar – 1, Amudaryoning quyi qismi – 2, Nurota t. – 2, Chotqol t. – 4-5; uyalashda – 50 tagacha juftsizi); taxminan jami 30-40 tagacha uyalovchi jufti bo‘lgan. Bugungi kunga kelib soni keskin kamayib ketgan. So‘nggi o‘n yilliklarda keskin ravishda aloqa tarmoqlari: temir va avtomobil yo‘llari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari qurilishi, yangi gaz konlari o‘zlashtirilishi tufayli Hisor tog‘ining shimoliy va janubiy yonbag‘irlaridagi pasttog‘larda soni kamayib ketdi.
Hayot tarzi
tahrirBahorgi uchib o‘tishi – mart-aprelda. Daraxtlar, butalar, jarliklar va qoyalarga in quradi. Aprel-mayda bitta, ba’zan esa ikkita tuxum qo‘yadi va 35-47 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabr oylaridan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tish davri – sentyabr-oktyabrga to‘g‘ri keladi. Kaltakesaklar va ilonlar bilan oziqlanadi.
Ushbu tur qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib ketmoqda[3].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Птицы Челябинской области, занесённые в Красную книгу РСФСР“. Красная Книга Челябинской области. 2007-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-yanvar.
- ↑ Красная книга Беларуси[sayt ishlamaydi]
- ↑ ИЛОНБУРГУТ (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz