Ilon yuragi

rus yozuvchisi Ivan Yefremov qalamiga mansub qissa

„Ilon yuragi“ (ruscha: Сердце Змеи) — rus yozuvchisi Ivan Yefremov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. Muallif asarni 1958-yil yozgan.

Ilon yuragi
Asl nomi Сердце Змеи
Muallif(lar) Ivan Yefremov
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik qissa
Nashr etilgan sanasi 1959

Qissa ilk bor 1959-yil „Yunost“ jurnalida hamda „Yuz parsekli yoʻl“ toʻplamida chop etilgan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Syujeti

tahrir

„Tellur“ kosmik kemasi ekipaji fazoda oʻzga sayyoraliklar kemasiga duch keladi. Oʻzga sayyoraliklar odamlarga oʻxshaydi, ammo ftor bilan nafas oladi. Shu sabab ikki ekipaj shaffof oynaning ikki tarafida turib muloqot qiladi. Soʻngra har ikki kema oʻz yoʻlida davom etadi.

Qissada AQSh yozuvchisi Murray Leinsterning „Ilk kontakt“ hikoyasi tanqid qilinadi. Leisnter hikoyasida yerliklar oʻzga sayyoraliklar bilan bir-birining izidan bormaslikka kelishib oladi. „Ilon yuragi“ qissasida isnoniylik, ilm-fan hamda kommunizm olqishlangan.

Qahramonlari

tahrir
  • Mut Ang – „Tellur“ kemasi qoʻmondoni
  • Tey Eron – qoʻmondon yordamchisi va bosh astrofizik
  • Kari Ram – elektron mexanik va astronavigator
  • Afra Devi – biolog
  • Tayna Dan – kimyogar
  • Svet Sim – vrach
  • Yas Tin – muhandis

Havolalar

tahrir