Ilonsoy rasmlari - Zarafshon tizmasining shim. yon bagʻridagi Ilonsoy darasidan topilgan qoyatosh rasmlari (soyning chap qirgʻogʻi boʻylab joylashgan). Samarqanddan 15–16 km jan. da. 1938-yilda I. Suharev, 1965—70-yillarda G. Shatskiy, R. Ravshanov, M. Xoʻjanazarovlar tomonidan oʻrganilgan. Ilonsoy rasmlari mil. av. 1mingy.likning 2-yarmi, mil. 1ming yillikka mansub, shuningdek, keyinchalik yaratilgan rasmlar ham uchraydi. Rasmlar tosh va metall qurollar yordamida sharpa, shakl va chizma tarzda chekma usulda oʻyib ishlangan. Hayvonlardan togʻ echkisi, kiyik, ilon, it, ot, tuya va b., chavandozlar, odam shakli, turli narsa (oʻq-yoy)lar tasvirlangan, shuningdek, arab yozuvlari ham uchraydi. Ilonsoy rasmlari shu hududda yashagan elatlar madaniyati, tarixini oʻrganishda qad. sanʼat obidasi sifatida katta badiiy qimmatga ega.

Galereya

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Shatskiy G. R., Risunki na kamne, T., 1983.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil