Iloq konlari
Iloq konlari - Jan. Chatqol va Qoramozor togʻlarida joylashgan qad. konlar. Jez davridan maʼlum boʻlgan. Oltin, feruza, kumush, mis, qoʻrgʻo-shin, qalay, turli rangli javohirlar, boʻyoq hamda chinni tayyorlashda ishla-tiladigan gil qazib chiqarilgan. I.k. nodir metallari, ayniqsa, yuqori sifatli kumush bilan shuxrat qozongan. Mil. av. 1ming yillikning 2-yarmida mil. 10-asrlargacha mashhur boʻlgan. Sharq geo-graflari I.k.ni Afgʻonistondagi eng mashhur "Yangi Panjshir" kon nomi bilan ataganlar. Shuningdek, ular bu yerda Koʻhisim (Kumush togʻ) koni ham borligini qayd etishgan. I.k.dan oltin qazib chiqarish ikkinchi oʻrnida turgan. Arxeologik va geologik tadqiqotlarga koʻra, Beruniy ham I.k.ni "Feruza koni" deb tilga olgan. I.k.da 2,5 mln. m3dan ortiq boʻlgan qazish ishlari oʻtkazilgan, shundan 50% kumush, 25% oltin olish uchun qazilgan. I.k,larining oltin konlari — Qizilolma, Qoʻshbuloq, Oqturpoq, Sartabutkon, Feruza konlari — Oʻngurlikon, Oqturpoq, Feruzakon, kumush va noyob metall ruda konlari — Konimansur, Qoratoshqoʻton, Konsoy va b. boʻlgan. 11-asrdan boshlab I.k.da ruda qazish ishlari susayadi. Moʻgʻullar istilosi davrida kon ishlari deyarli toʻxtagan.
Amir Temur davrida I.k.ni ishga tushirishda birmuncha jonlanish yuz bergan, ammo keyinchalik kon ishlari yana toʻxtab qolgan. 1920-y.lardan ke-yingina qad. I.k. oʻrnida Chatqol — Qu-rama sanoat rni vujudga keldi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |