Iloti Sa’yn amlogi (Buxoro amirligi)

Iloti (Eloti) Sa’yn amlogi — Buxoro amirligi Qorako‘l tumanidagi ma’muriy birlik. Mazkur amlok nomi hijriy 1333-yil muharram oyining birinchi sanasi — milodiy 1914-yil noyabr oyida amirlikda boshqaruv tizimini takomillashtirish, soliq masalalarini tartibga solish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni ro‘yxatga olish ishlari hujjatlarida qayd etilgan[1].


Iloti (Eloti) Sa’yn amlogi
amlok
Tegishli Qorako‘l tumani
Tarkibida 25 dan ortiq qishloq
Rahbari amlokdor
Xaritada

Amlok nomining kelib chiqishi

tahrir

Iloti (Eloti) Sa’yn amloki nomini so‘zma-so‘z tarjima qilganda, bu Sa’yn Elati amloki degan ma’noni bildiradi. Nom tarkibidagi Sa’yn aslida Chingiziy Jo‘ji ulusining hukmdori, aniqrog‘i, Chingizxonning nevarasi Botuxonning laqabi bo‘lib, mo‘gul tilida „homiy“ degan ma’noni bildiradi. Bundan mazkur hududda yashagan aholi ma’lum davrda Botuxonga elat, tobe bo‘lganligi anglashiladi[2]. Amlok esa, o‘sha paytda tuman tarkibiga kirgan ma’muriy birlikdir. Undagi yerlar amir tomonidan dehqonchilik qilish uchun ayrim kishilarga berilgan.

Amlok boshqaruvi

tahrir

Amlok yerlar ayrim zamindorlarning mulki bo‘lmay, balki davlat miqyosida birlashgan amir boshchiligidagi zodagonlar guruhining mulki hisoblangan. Amlokka tuman begi, Qorako‘l tumanidagi vujudga kelgan an’anaga ko‘ra esa, Qorako‘l qozisi tayinlaydigan amlokdor boshchilik qilgan. Mazkur amlokka 25 dan ortiq katta-kichik qishloq kirgan. Amlokdor xiroj va soliq yig‘ish, dehqonlarning hosilini hisobga olish va boshqa ishlar bilan shug‘ullangan. Amlokdor ixtiyorida hujjat ishlarini yurituvchi kotib, sug‘orish ishlarini nazorat qiluvchi mirob, qishloqlarning oqsoqollari va aminlari bo‘lgan.

Amlok tarkibiga kirgan qishloqlar

tahrir
  1. Ajiyi Iron (Aji Ayron)
  2. Arg‘uni mirob arig‘
  3. Ardal
  4. Ochbek
  5. Baland masjid
  6. Begach (Bekachi)
  7. Bichoqchi
  8. Bo‘ribek
  9. G‘onchi
  10. Davlatboy
  11. Dehnav
  12. Zargarqayroq
  13. Qatortepa
  14. Ko‘kko‘z
  15. Qurbaqqa Chandir
  16. Labkon
  17. Mirobarig‘
  18. Pichoqchi
  19. Sa’yn Qaravul
  20. Sa’yn Xidir Ayli
  21. To‘z Aldi
  22. O‘rganji
  23. Chagas
  24. Shayx Dahboshi

Manbalar

tahrir
  1. Населенные пункты Бухарского эмирата (конец ХIХ — нач. ХХ вв.) / Ответственный редактор А. Р. Мухамеджанов. Ташкент: Университет, 2001 — 11-bet. 
  2. Ғайбуллаев С. Қумликлар бағрига яширинган тилсимлар... (мақола ва тадқиқот учун тезислар). Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2013 — 93-bet.