Ilyos alayhissalom — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Ilyos oʻz qavmi Baʼl nomli oltindan yasalgan butga sigʻinib, zalolatga botgach, ularni hidoyat yoʻliga daʼvat etish uchun paygʻambar qilib yuboriladi. Ammo ular daʼvatni qabul qilmaydilar. "Bani Isroil"ni hido-yat yoʻliga sola olmay umidlari uzilgan Ilyos parvardigordan oʻz jonini olib, mashaqqatdan xalos etishni soʻraydi. Alloh unga qavmini isloh qilish yuklatilganligini, binobarin jonini olmay, oʻrniga soʻragan narsasini muhayyo etishni vaʼda qiladi. Ilyos ga 3 yilgacha yomgʻir yogʻdirish-yogʻdirmaslik ixtiyori beriladi. Qurgʻoqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar ham nobud boʻlib, daraxtlar quriydi. Shundan soʻng qavmning iltijosi bilan Ilyos va Alyasa (a.s) Allohga yolvorib duo qilgach, koʻkda bulut paydo boʻlib yomgʻir yogʻadi. Xiyonatkor qavm esa yana aqdini buzib zalolat yoʻliga kiradi. Rivoyatda Ilyos pirovardida samoga kutarilib ketgani aytiladi. Bibliyadagi Iliya toʻgʻrisidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil