Imari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Imari (yaponcha: 伊万里市 Imari-shi ) Yaponiyaning Saga prefekturasi, Kyushu orolida joylashgan shahar. Imari eng koʻp Imari chinnisi bilan mashhur. 2016-yil 1-oktabr holatiga koʻra, shaharda aholi soni taxminan 54,907 kishini, aholi zichligi esa 1 km2 ga 220 kishini tashkil etgan. Umumiy maydoni 254,99 km2.
Imari 伊万里市 | |
---|---|
Shahar | |
33°15′53.1″N 129°52′50.9″E / 33.264750°N 129.880806°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Tuman | Kyushu |
Prefektura | Saga prefekturasi |
Hukumat | |
• Mer | Hironobu Fukaura (深浦 弘信) (2018-yil, apreldan beri) |
Maydon | 254.99 km2 (98.45 kv mi) |
Aholisi (2016-yil, 1-oktabr) |
54,907 kishi |
|
Imari Saga prefekturasining gʻarbiy qismida joylashgan.
- Togʻlari: Hachiman togʻi (764 m), Seira togʻi (599 m), Eboshi togʻi (597 m)
- Daryolari: Matsuura daryosi, Imari daryosi, Hata daryosi, Kurotake daryosi, Arita daryosi
Qoʻshni munitsipalitetlari
tahrir- Saga prefekturasi
- Arita
- Karatsu
- Takeo
- Nagasaki prefekturasi
- Sasebo
- Matsuura
Tarixi
tahrirEdo davrida bu mintaqa keramika va chinni eksporti tufayli gullab-yashnagan. Shogun va Imperator sudiga taqdim etiladigan yuqori sifatli mahsulotlar hozirgi Ōkawachiyama deb ataladigan joyda ishlab chiqarilgan. Meiji davridan 1955-yilgacha koʻmir ham asosiy eksport mahsuloti boʻlgan.
- 1281-yil 15-avgust – Moʻgʻullarning 2-bosqin floti Imari koʻrfaziga chekindi va bu yerda Kamikaze toʻfoni tomonidan yoʻq qilindi.
- 1889-yil 1-aprel – Zamonaviy munitsipal tizim oʻrnatildi. Hozirgi shahar hududini bitta shahar (Imari) va 11 qishloq (Higashiyamashiro, Kurokawa, Makishima, Matsuura, Minamihata, Niri, Nishiyamashiro, Ōdake, Ōkawa, Ōkawachi va Ōtsubo) tashkil qiladi.
- 1901-yil 16-fevral – Ōdake qishlogʻi Hatatsu qishlogʻiga aylantirildi.
- 1928-yil 10-dekabr – Makishima qishlogʻi Imari shahriga qoʻshildi.
- 1936-yil 1-aprel – Nishiyamashiro qishlogʻi Yamashiro shahriga aylandi.
- 1943-yil 8-dekabr – Ōkawachi va Ōtsubo qishloqlari Imari shahri tarkibiga kiritildi.
- 1954-yil 1-aprel – Imari va Yamashiro shaharlari hamda Higashiyamashiro, Kurokawa, Hatatsu, Minamihata, Ōkawa, Matsuura va Niri qishloqlari birlashtirilib, Imari shahri tashkil etildi.
Havo yoʻllari
tahrirEng yaqin aeroportlar: Saga aeroporti, Fukuoka aeroporti va Nagasaki aeroporti.
Temir yoʻllari
tahrir- JR Kyushu
- Chikuhi liniyasi
- Komanaki stansiyasi – Ōkawano stansiyasi – Hizen-Nagano stansiyasi – Momonokawa stansiyasi – Kanaishihara stansiyasi – Kami-Imari stansiyasi – Imari stansiyasi
- Chikuhi liniyasi
- Matsuura temir yoʻli
- Nishi-Kyūshū liniyasi
- Kanatake stansiyasi – Kawahigashi stansiyasi – Imari stansiyasi – Higashiyamashiro stansiyasi – Sato stansiyasi – Kusuku stansiyasi – Naruishi stansiyasi – Kubara stansiyasi – Haze stansiyasi – Uranosaki stansiyasi – Fukushimaguchi stansiyasi
- Nishi-Kyūshū liniyasi
Asosiy stansiya – Imari stansiyasi.
Dengiz yoʻllari
tahrirImari porti oʻrta oʻlchamdagi port boʻlib, u har xil turdagi okean kemalarini, jumladan konteyner kemalarini, quruq yuk tashish kemalarini, kruiz kemalarini va boshqalar uchun port hisoblanadi[1].
Imari portida Osakada joylashgan Nomura Shipbuilding Co. Ltd.ning asosiy kemasozlik zavodi joylashgan[2].
Kulolchiligi
tahrir- Imari chinnisi
- Ōkawachiyama, „Yashirin oʻchoqlar qishlogʻi“ Nabeshima urugʻining oʻchoqlarining vatani boʻlib, u yerda Hatase Buemon va Sakaida Kakiemon kabi ustalar ishlashgan.
Imari noki
tahrirImari – Gʻarbiy Yaponiyadagi eng yirik nok ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. Bundan 100 yil oldin Ōkawa hududida paydo boʻlgan Imari (Imari pears (yaponcha: 伊万里梨 Imari nashi )) yapon nokini yetishtirish Minamihata va shaharning boshqa hududlariga tarqaldi. Bugungi kunda ular qariyb 350 gektar maydonda yetishtiriladi va 2007-yilga kelib ularning ishlab chiqarish miqdori yiliga 4800 tonnani tashkil etdi.
Imari Ton-Ten-Ton Festivali har yili 22-24-oktyabrda, uch kun davomida Imari shahridagi Imari ziyoratgohida boʻlib oʻtadi. Festival Yaponiyaning uchta buyuk jang festivallaridan biri sifatida tanilgan.
Imarilik odamlar
tahrir- Kyohei Maeyama – Blaublitz Akita fultbolchisi[3]
- Ryosuke Mizumachi – Basketball player for Akita Northern Happinets basketbolchisi[4][5][6]
- Masayuki Tanaka – qoʻshiqchi
Manbalar
tahrir- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 27-fevral.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 27-fevral.
- ↑ „Login • Instagram“.
- ↑ Happinets halftime show vs. SunRockers Shibuya on December 12, 2018
- ↑ „『M ~もう一度の新潟ストーリー~』“. まっちょのブログ.
- ↑ 水町嘉宏 „トンテントン“ (2010-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.